19:25 / 29.05.2015
1707

Koreyalik farmatsevtik mahsulotlar ishlab chiqaruvchilari bilan kelishuvlar imzolandi

2015 yil 19-23 may kunlari O‘zbekistonga Koreya farmatsevtik mahsulotlar ishlab chiqaruvchilari uyushmasi raisi Kyong Xo Li va “New World Med” kompaniyasi raisi Kim Kun Djin boshchiligidagi Janubiy Koreya delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Janubiy Koreya delegatsiyasi tashrif davomida “O‘zfarmsanoat” DAK boshqaruv raisi Mirzanazim Do‘smurotov, O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri Elyor G‘aniyev va Sog‘liqni saqlash vaziri Anvar Alimov bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Uchrashuvlar davomida ikki tomonlama hamkorlikning joriy holati va yaqin kelajakdagi rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.

Mehmonlar, shuningdek, “O‘zfarmsanoat” DAKning yetakchi kompaniyalari «Dentafill Plus» QK, «Asia Trade» QK va «Med Standard Glass» MChJ ishlab chiqarish quvvatlariga tashrif buyurishdi.

“O‘zfarmsanoat” DAK va koreyalik delegatsiya o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar yakunlariga ko‘ra farmatsevtika sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, tajriba almashish, soha korxonalari o‘rtasida birgalikdagi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish va O‘zbekistonga import qilinuvchi dori vositalari va substansiyalarni mahalliylashtirish miqyosini kengaytirish bo‘yicha kelishuvlar imzolandi.

Top