21:18 / 29.05.2015
2362

Luis Enrike: "Finalni o‘z uyida o‘tkazgan jamoalarning mag‘lubiyatga uchragani ham kuzatilgan"

“Barselona” bosh murabbiyi Luis Enrike Ispaniya kubogi finali arafasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Men o‘yin muhiti o‘ziga xos bo‘lishini kutmoqdaman. “Atletik” hozir ham mavsum davomida bizga qarshi kurashgan holatida. Bu jamoa bosim o‘tkazadi hamda erkin nafas olish imkonini bermaydi.

“Kamp Nou” ajoyib maydon. Biroq finalni o‘z maydonida o‘tkazgan jamoalarni mag‘lubiyatga uchragan holati ham kuzatilgan.

Suaresning ahvoli yaxshi. U hafta davomida mashg‘ulotlarda qatnashdi va finalda o‘ynashi mumkin”, – dedi Enrike. 

Top