22:32 / 29.05.2015
2037

Massimiliano Allegri: “Bizda Messidan, Neymardan cho‘chish hissi bo‘lishi kerak emas”

“Yuventus” bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Chempionlar Ligasining finalida “Barselona”ga qarshi kechadigan o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Biz g‘ayrat bilan to‘lib-toshishimiz kerak. Bu tabiiy holdir, axir jamoa uch front bo‘yicha oxirigacha yetib kelgan bunday mavsum yana takrorlanishining ehtimoli kamdir.

“Barselona” bizdan ustunroq emas. Biroq bu buyuk jamoani yutish, omad kulib boqishiga ishonish uchun imkoniyatdir – axir bunday voqealar Chempionlar Ligasida ko‘p marotaba sodir bo‘lgan.

Messidan yoki Neymardan qo‘rqish hissi bo‘lishi kerak emas. Biz nima uchun ulardan qo‘rqishimiz ham kerak? Ular ajoyib o‘yinchilar. Biroq qo‘rquv uchun asos yo‘q. Bunday uchrashuvlarda dunyo darajasidagi o‘yinchilar bilan to‘qnash kelish bor narsa. Biz finalgacha yetib kela olgan ekanmiz, demak jamoamiz raqibda bor bo‘lgan barcha jihatlarga ega”, – deb aytmoqda italiyalik mutaxassis.

Top