16:45 / 29.05.2015
2083

Nazarboyev prezident vakolatlarini kamaytirishni taklif qilmoqda

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Qozog‘istonda hukumat va parlamentning rolini prezident hokimiyatini susaytirish hisobiga kuchaytirishni taklif qilmoqda, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. 

“Menimcha, parlament va hukumatga ko‘proq huquq berish kerak. Hozirgacha bizda prezident hokimiyati bo‘lgan. Iqtisodiy o‘rta sinf o‘sishi bilan prezident hokimiyatini bo‘shatish hamda hukumat va parlamentga ko‘proq vakolat berish kerak”, deb aytdi Nazarboyev MDH davlatlari rahbarlari bilan uchrashuv paytida.

Qozog‘iston prezidenti Qozog‘istonda bunday ish olib borilayotganini ta'kidlab o‘tdi.

Top