19:06 / 29.05.2015
2301

O‘zbekiston Respublikasi hukumat portalini endi qoraqalpoq tilida o‘qish mumkin bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalining qoraqalpoq tilida faoliyat olib boruvchi ko‘rinishi ishga tushdi.

Hukumat portali www.gov.uz manzilida faoliyat olib borib, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining rasmiy sayti, axborot resursi hisoblanadi.

Portal 2007 yildan beri o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lib, o‘zbek (kirill va lotin alifbosida), rus, ingliz tilida ma'lumotlar joylashtirilar edi.

Ta'kidlab o‘tish kerakki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Juqori Kengashi o‘zining sovminrk.gov.uz saytiga ega bo‘lib, bu sayt o‘zbek, rus, qoraqalpoq tillarida faoliyat olib boradi.


Top