20:50 / 29.05.2015
2511

Putin mansabdor shaxslarga sovg‘a sifatida faqatgina gullar va kantselyariya mahsulotlarini olishga ruxsat berdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mansabdor shaxslar xizmatlari davomida olgan qimmatbaho sovg‘alarni rahbariyatga topshirishlari krakligi haqida farmoyish berdi, deb xabar bermoqda “Interfaks” axborot agentligi.

Putin farmoyishi “Rossiya Federatsiyasida muayyan davlat lavozimlari, federal davlat xizmatida muayyan lavozimlarni egallovchi shaxslar, Rossiya sub'yektlarining yuqori lavozimdagi shaxslari o‘z xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq protokol tadbirlari, xizmat safarlari va boshqa rasmiy tadbirlarda sovg‘a olganlari haqida xabardor etishlari, ularni tegishli joyga topshirishlari, sovg‘aning narxini aniqlash va uni sotish tartibini” belgilaydi.

Xavfsizlik kengashi kotibi, vazirlar, iste'molchilar huquqini himoya qilishga vakolatli shaxslar, gubernatorlar va bir qator boshqa amaldorlar barcha olgan sovg‘alari haqida prezident ma'muriyatini xabardor etishlari kerak bo‘ladi.

Sovg‘a olgan amaldor uch kun ichida uni topshirishi kerak bo‘ladi. “Sovg‘ani topshirgan shaxs sotib olish haqida ariza topshirib, uni davlatdan sotib olishi mumkin”, deyilmoqda hujjatda.

Top