23:20 / 29.05.2015
2957

Qirg‘izistonda 4,5 ming gektar maydon tomchilatib sug‘orish tizimi bilan qamrab olinadi

Joriy yilda Qirg‘izistonda tomchilatib sug‘oriladigan dalalarning umumiy maydoni 4,5 ming gektarga yetkazilishi rejalashtirilmoqda . Bu haqda Qirg‘iziston qishloq xo‘jaligi va melioratsiya vaziri Taalaybek Aydaraliyev ma'lum qildi.

Aydaraliyev ayni kunda mamlakatda 250 gektardan ko‘proq yer tomchilatib sug‘orish tizimiga egaligini ta'kidlab o‘tdi. O‘rtacha hisobda 1 gektar maydonga bu tizimni o‘rnatish uchun 1,5 ming dollar sarflanadi.

Qirg‘izistonda resurslarni tejovchi texnologiyalarni faolroq joriy qilish uchun fermerlarni o‘qitish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

“O‘tgan yilning sentabr oyida 20 nafar fermerni ular zamonaviy tomchilatib sug‘orish tizimlari bilan yaqindan tanishishlari uchun Xitoyga olib bordik. Xitoyda 1,2 mln gektar yer maydonining 900 ming gektarida ushbu tizim joriy qilingan”, deb aytdi Aydaraliyev.

Top