16:08 / 29.05.2015
3401

Toshkentda Singapur menejmentni rivojlantirish instituti Magistratura kuni o‘tkazadi

Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (MDIS) 20 iyunda Magistratura kuni o‘tkazmoqchi. Bu haqda «Gazeta.uz» nashri xabar bergan.

Ta'lim muassasiga tashrif buyuruvchilar institutdagi o‘quv jarayoni va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishishlari mumkin bo‘ladi.

Institut oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilari (bakalavr darajasi) MBA (Master of Business Administration) xalqaro dasturining “Marketing”, “Moliya”, “Xalqaro turizm” va «Mehmonxona menejmenti» yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olishni davom ettirishlari uchun ochiq bo‘ladi. Sayyohlik sohasidagi MBA dasturi O‘zbekistonda birinchi bor taklif etilmoqda.

Top