15:40 / 29.05.2015
8127

Toshkentda yana bir Mercedes avtobusi yonib ketdi

Toshkent Tibbiyot akademiyasi yaqinida, Kichik halqa yo‘lida Mercedes Benz rusumidagi avtobus yonib ketdi. Bu haqda Facebook’dagi «Voditeli Tashkenta» guruhi a'zolari xabar berishgan.

Suratlarda avtobus yonayotgani, o‘t o‘chiruvchilar olovni o‘chirishga harakat qilayotgani ko‘rinib turadi. Avtobus qaysi yo‘nalishda harakatlangani, jabrlanganlar bor yoki yo‘qligi haqida ma'lumot berilmagan.

Qayd etish joiz, so‘nggi yillarda Toshkentda bir necha bor Mercedes Benz Conecto seriyasidagi avtobuslar yonib ketdi.

Top