17:56 / 29.05.2015
1883

Turkmanistonda prezident vakolat muddatini yetti yilga uzaytirish muhokama qilinmoqda

Turkmanistonning yangilangan Konstitutsiyasi loyihasiga prezident vakolat muddatini besh yildan yetti yilga uzaytirish to‘g‘risidagi band qo‘shilishi taklif qilindi.

Ushbu masala mamlakat asosiy qonunini takomillashtirish bo‘yicha Konstitutsiyaviy komissiyaning Turkmaniston parlamenti (Mejlis) raisi Aqja Nurberdiyeva ishtirokidagi yig‘ilishida muhokama qilingan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yangilik Konstitutsiyaga «takliflar asosida, yangi tarixiy davr realliklarini va ilg‘or jahon tajribasini inobatga olib, shuningdek yirik uzoq muddatli dasturlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida» kiritilishi mumkin.

Top