14:21 / 30.05.2015
3889

“Zenit” futbolchilari XIX asrga sayohat qildi

Rossiya chempionatida “Zenit” jamoasining 5-marta g‘alaba qozonishi Nike kompaniyasi dizaynerlarini ilhomlantirdi. Ular jamoa futbolchilari va murabbiylari uchun XIX asr modasi bo‘yicha liboslar yaratishdi.

“Bu barchamiz va ayniqsa shahar uchun muhim g‘alabadir, – ta'kidlab o‘tdi Andre Villash-Boash. – Fikrimcha, tarixga, merosga murojaat bunday chempionlikni Peterburgga bog‘lagan holda nishonlashning ajoyib usulidir”.
G‘alabaga bag‘ishlangan tadbir Yusupovlar saroyida o‘tkazildi. Unga tashrif buyurgan futbolchilar va klub personali tarixiy liboslarga burkanishdi.
Kampaniyaning markaziy loyihasi Ko‘k mehmonxonada butun jamoaning birgalikda tushgan surati bo‘ldi.

Top