08:38 / 30.05.2015
3648

AQShda yo‘lovchi samolyoti dron bilan to‘qnashib ketishiga bir bahya qoldi

AQShda yo‘lovchi samolyoti Nyu-York osmonida oxirgi lahzada uchuvchisiz parvoz qurilmasi bilan to‘qnashib ketishdan olib qochishga ulgurildi. 

“RIA Novosti” axborot agentligining xabar berishicha, La Guardiya aeroportiga qo‘nishga shaylangan Shuttle America aviakompaniyasi samolyotining uchuvchisi Prospekt-park ustidan o‘tayotganda dron tomonidan solinayotgan xavfni vaqtida sezib qolgan hamda to‘qnashuvdan qochishga muvaffaq bo‘lgan.

Birozdan keyin samolyot muvaffaqiyatli qo‘ndirilgan, yo‘lovchilardan hech kim jabrlanmagan. Voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Avvalroq AQSh Fuqarolik aviatsiyasi federal boshqarmasi va Nyu-York politsiyasi 28 may kechki payt Long-Aylend oroli ustidan Los-Anjyeles, Klivlend, Boston va Buffalo shaharlariga uchib ketayotgan 4ta samolyotga lazer nurini yo‘naltirgan noma'lum shaxsni qidirayotgani ma'lum qilingandi.

Top