15:00 / 30.05.2015
2588

FIFA “Barselona”ga qarshi joriy qilingan cheklovlarni bekor qilmaydi

FIFA “Barselona” jamoasiga qarshi joriy qilingan cheklovlarni bekor qilmaydi. Bu haqda El Mundo Deportivo nashri yozmoqda.
Ma'lumki, sanksiyalar xalqaro transferlar hamda 18 yoshgacha bo‘lgan futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq ravishda joriy qilingan edi. Endilikda, nashrning qo‘lga kiritgan ma'lumotiga ko‘ra, FIFA bosh kotibi Jyerom Valke sanksiyalarning olib tashlanishiga xayrixohlik bildirgan. Ammo, uning aytishicha, bu cheklovlarni olib tashlash uchun huquqiy jihatdan hech qanday imkoniyat yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, 2014 yilning aprel oyida FIFA “Barselona”ni ikki transfer mavsumida yangi o‘yinchilar sotib olishni taqiqlash bilan jazoladi. O‘sha yilning dekabr oyida Sport hakamlik sudi “Barselona”ning apellyatsiyasini rad qildi. Shundan so‘ng klub prezidenti Xosep Mariya Bartomeu xalqaro federatsiya bilan aloqalarni uzishi haqida bayonot berdi.

Top