14:50 / 30.05.2015
2238

Internet orqali giyohvand moddalar sotgan shaxs bir umrga qamaldi

Silk Road internet do‘konining yaratuvchisi Ross Ulbrixt 29 may kuni bir umrlik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Yakuniy hukm ikkita umrbod muddat hamda 20 va 15 yildan ikkita qamoq jazosini o‘z ichiga oldi. Ulbrixt giyohvand moddalar sotish, pullarni yuvish va xakerlikda ayblandi.
Sud chog‘ida ayblanuvchi saytni yaratganini tan oldi, ammo boshqa punktlar bo‘yicha ayblovlarni rad qildi.

Silk Road 2011 yili yaratilib, 2013 oktabrida yopildi. Sayt egasi o‘sha kunlarda qo‘lga olindi. Saytga 1 mln kishi a'zo bo‘lib ulgurdi. U yerda maxsus bitkoin nomli valyuta amal qilar edi. Uning vositasida sayt orqali jami 200 mln dollarlik narkotik sotilgan.
Amalda, tergovchilarning isbotlashicha, sayt onlayn qora bozor vazifasini bajargan. U yerda anonim tarzda noqonuniy moddalar, qurollar va h.k. sotib olish, jinoiy shartnomalar tuzish mumkin bo‘lgan.

Top