“Real”ning sobiq futbolchisi Fernando Morentes, agar jamoa Benitesga topshirilsa, unga yordamchi etib tayinlanishi mumkin.
Morentes qirollik klubi tarkibida 1997-2003 yillarda to‘p surgan. U klubdagi tizim bilan ancha yaxshi tanish mutaxassislardan biri hisoblanadi. Futbolchilik karerasi yakunlangach, Fernando 2012-2014 yillarda “Real” o‘smirlar jamoasiga murabbiylik qilgan edi.