07:49 / 30.05.2015
2543

Nazarboyev barcha qiyinchiliklarga qaramasdan YeOII porloq kelajakka egaligini aytmoqda

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi hozirda to‘qnash kelayotgan qiyinchiliklarga qaramasdan, katta kelajakka ega deb aytdi, MDH davlatlari delegatsiyalari rahbarlari uchrashuvida Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev.

YeOII Bojxona ittifoqi va Yagona iqtisodiy hudud negizida tashkil etilgan xalqaro ingegratsion iqtisodiy uyushma bo‘lib, joriy yilning 1 yanvaridan o‘z faoliyatini boshladi. Hozirda tashkilotga Rossiya, Armaniston, Belarus va Qozog‘iston a'zo hisoblanadi, 29 mayda ularga Qirg‘iziston ham qo‘shildi.

Nazarboyev MDH davlatlarining integratsiyasidan boshqa muqobil variantni ko‘rmayotganini aytdi. “Har doim aytganman, MDH juda katta salohiyatga ega. Hukumatlar rahbarlarining uchrashuvi katta qiymatga ega, biroq hozir hamma inqiroz, eksport mahsulotlariga narxlarning tushishini boshidan kechirayotganda, bularning barchasi birgalikda ishlashni va birlashishni talab qiladi. Agar barcha siyosiy vaziyatlarga e'tibor berilmasa, integratsiyadan boshqa variant yo‘q”, deb aytdi Nazarboyev.

MDH davlatlari hukumatlari rahbarlari kengashining yig‘ilishi Qozog‘istonda 29 mayda bo‘lib o‘tdi. MDH davlatlari hukumatlari rahbarlari moliyaviy-iqtisodiy sohada dolzarb masalalarni hal qilish bo‘yicha birgalikdagi harakatlar rejasini hamda xalqaro tashishlarni amalga oshirishda transport xavfsizligini ta'minlash strategiyasini imzolashdi.

MDH davlatlari hukumatlari rahbarlari kengashining keyingi yig‘ilishi Dushanbeda 30 oktabrda bo‘lib o‘tadi.

Top