11:10 / 30.05.2015
3945

Ramzon Qodirov FIFAga qo‘yilayotgan ayblovlarni G‘arbning “or-nomussiz ig‘vogarligi” deb atadi

“AQSh va Angliyaning Rossiyadan 2018 yilgi jahon chempionatini olib qo‘yish maqsadida amalga oshirgan ochiqcha va or-nomussiz ig‘vogarligi chippakka chiqdi. Londonda hali ham Blatter bir yil ham dosh bermasligini aytishga, Rossiyadagi jahon chempionatiga boykot e'lon qilishga chaqirishdan or-nomus qilishmayapti. Janoblar, bekorga chiranyapsizlar”, deb aytdi Qodirov o‘zining instagramdagi sahifasida.

Checheniston rahbari Rossiya jahon chempionatini muvaffaqiyatli qabul qilishi va munosib ravishda o‘tkazishini aytdi hamda G‘arb dunyo futbolini “Vashington va Londonning gapiga quloq soluvchi vafodor itga” aylantirib, uni milliylashtirishning uddasidan chiqa olmasligini ta'kidladi.

“Bizning milliy yetakchimiz bunday qoidalar bo‘yicha o‘ynamaydi, u uchun sport, butun dunyodagi yuz millionlab muxlislar va futbolchilar muhimroq. Dunyo xalqlari buni ko‘rishmoqda va bizni qo‘llab quvvatlaydilar. Hurmatli, Vladimir Vladimirovich, Rossiya siz bilan, Rossiya sizga ishonadi, Rossiya siz bilan faxrlanadi! Yashasin futbol bo‘yicha Rossiyadagi jahon chempionati!”, deb o‘z so‘zlarini yakunladi Qodirov.

Top