18:22 / 30.05.2015
3967

Saakashvili Odessani Qora dengiz poytaxtiga aylantirmoqchi

Odessa viloyati gubernatori Mixail Saakashvili shaharni Qora dengiz poytaxtiga aylantirish niyati borligini ma'lum qildi. Bu haqda u “112 Ukraina” telekanali orqali namoyish etilgan murojaatida bayonot berdi.
“Yangi qoidalar, yangi odamlar, yangi yo‘nalish kerak, Odessaga ko‘plab turistlarni olib kelish kerak, – ta'kidladi gubernator. – Asosiy maqsadimiz – bu jamiyatga sun'iy ravishda olib kirilgan ixtilofni bartaraf qilish va fuqarolik murosasini amalga oshirishdir”.

Top