07:46 / 30.05.2015
1600

Sarkozining partiyasi o‘z nomini o‘zgartirdi

Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi yetakchilik qiladigan “Xalq harakati uchun ittifoq” (Union pour un mouvement populaire) partiyasi o‘z nomini “Respublikachilar” (Les Republicains) partiyasi deb o‘zgartirdi. Bu haqda partiyaning rasmiy saytida ma'lum qilindi.

Bu qaror partiya tarafdorlari o‘rtasida internet orqali ovoz berish natijasiga ko‘ra qabul qilindi, biroq buni hali rasman partiya s'yezdida tasdiqlash kerak bo‘ladi.

Qayd etilishicha, so‘ralganlarning 83,28 foizi partiya nomining o‘zgartirilishini ma'qullagan, 16,72 foizi qarshi chiqqan.

Top