17:26 / 30.05.2015
3788

Xitoyning “Stels” ovlovchi Divine Eagle dronlarining dastlabki suratlari e'lon qilindi

Internet tarmog‘ida Xitoyning “Stels” texnologiyasi asosida ishlangan ko‘rinmas uchar apparatlarni ovlovchi Divine Eagle dronlarining dastlabki suratlari paydo bo‘ldi. Ta'kidlanishicha, yangi uchuvchisiz samolyot yuqori tezlikda va balandlikda harakatlanishga qodir, maksimal tezlik va balandilkda uning harakatlari radiolokatsion tizimlarda aks etmaydi.
Ma'lum qilinishicha, Divine Eagle joriy yilning fevralida birinchi parvozni amalga oshirgan. Ammo uning suratlari yaqindagina e'lon qilindi.

Hozirgi paytda yangi dron haqida, uning texnik tavsifi haqida yetarlicha ma'lumotlar yo‘q. Mutaxassislar rasmlarga qarab uning ayrim texnik tavsiflarini topishga harakat qilishdi. Jumladan, rasmlardan ma'lum bo‘lishicha, prototip bir dvigatelli ikkilangan korpus va qanotga ega bo‘lib, qanotlar muvozanatga solish vazifasini bajaradi. Yashirin tahdidlarni aniqlash uchun dron yetti turdagi maxsus radarlarni qo‘llaydi.
Ekspertlar bahosiga ko‘ra, samolyot 1.5 m diametrga ega, balandlikning uzunlikka nisbati esa 1:12ni tashkil qiladi. Samolyot uzunligi 18 m, qanotlar parvozi – 50 m.

Divine Eale imkoniyatlari harbiy harakatlar chog‘ida raqib kuchlariga qarshi, jumladan, ko‘rinmas texnologiyalar asosida ishlovchi qiruvchilarni topish uchun qo‘llanilishi mumkin.

Top