22:01 / 30.05.2015
5196

Yaman poytaxtidagi Saudiya Arabistoni elchixonasi soqchilari xusiychilarga taslim bo‘ldi

Eronning Fars agentligining xabar berishicha, Yaman poytaxti Sanodagi Saudiya Arabistoni elchixonasi soqchilari xusiychilarga taslim bo‘lgan.

Qirollikning Sanodagi elchixonasi 30 may kuni ertalab “Ansor Alloh” harakati jangarilari tomonidan o‘rab olingan va elchixona soqchilariga qurolni tashlash shrti qo‘yilgan. Eochixonadagi barcha 40 nafar soqchi xusiychilarning talablariga bo‘ysunishga majbur bo‘lganlar, shunday keyin ular elchixonasi tashqarisiga chiqarib yuborilgan.

OAVlarning ta'kidlashicha, xusiychilar tomonidan elchixonaning bosib olinishi Saudiya Arabistoni boshchiligidagi xalqaro koalitsiya tomonidan amalga oshirilayotgan avizarbalarga javoban amalga oshirilgan.
66 kundan beri davom etayotgan Saudiya Arabistonining Yamandagi harbiy harakatlari oqibatida 4132 yamanlik halok bo‘lgan, ular orasida ayollar va bolalar ham bor.

Top