10:29 / 31.05.2015
3628

“Barselona” Ispaniya Kubogini 27-marta qo‘lga kiritdi

“Barselona” jamoasi Ispaniya Kubogi finalida “Atletik” jamoasini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Kataloniyaliklarning ikkita goliga Lionel Messi mualliflik qildi. Yana bir aniq zarbani Neymar amalga oshirdi.


Shu tariqa, “Barselona” o‘z tarixida 27-marta ushbu mukofotni qo‘lga kiritdi.
Bundan tashqari, jamoa bir yilning o‘zida Ispaniya Kubogi va Chempionatida g‘alaba qozonib, 6-marta oltin dublga erishdi.

Top