10:05 / 31.05.2015
2536

2015 yili AQSh politsiyasi 385 kishini otib tashlagani aytildi

The Washington Post gazetasida yozilishicha, AQSh politsiyasi xodimlari 2015 yili 385 kishini otib tashlagan.
Ma'lum bo‘lishicha, politsiya qurbonlarining 171 nafari oq tanlilar, 100 nafari qora tanli, 54 nafari Lotin Amerikasi vakillari, 6 nafari osiyoliklar bo‘lgan.
Shuningdek, o‘ldirilganlarning 365 nafari erkaklar, 20 nafari ayollar bo‘lgan.
Otib tashlanganlarning 49 nafari qurolsiz bo‘lgan, yana 13 nafarining qo‘lida esa o‘yinchoq qurol bo‘lgan.

Top