09:55 / 31.05.2015
2786

Germaniya AQSh bilan erkin savdo zonasi tashkil qilishga chaqirdi

Germaniya kansleri Angela Merkel Yevropa Ittifoqi va AQSh o‘rtasida erkin savdo zonasi tashkil qilinishini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda Deutsche Welle radiosi xabar bermoqda.
Kantslerning fikricha, bunday zonaning tashkil etilishi yangi ish o‘rinlarini yaratish va tovar aylanmasini oshirishda qo‘l keladi.
Germaniya yetakchisi erkin savdo zonasi Obamaning prezidentlik davrida tashkil etilishiga umid bildirdi. Aks holda, Merkelning fikricha, muzokaralar jarayonida uzoq muddatli uzilishi yuzaga kelishi mumkin.

 

Top