Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili Odessa gubernatorligiga tayinlangani tufayli Gruziya fuqaroligini yo‘qotdi.
“Bu qonun Saakashvilining o‘zi tomonidan qabul qilingan. Agar u gubernator bo‘lsa va boshqa davlat fuqarosiga aylansa, demak, bizning fuqaroligimizdan voz kechgan bo‘ladi”, – dedi bu borada Gruziya parlamenti deputati Zviad Kvachantiradze.
Endilikda Gruziya fuqaroligini qaytadan olish uchun prezidentga murojaat etish talab qilinadi.