“Chikago Blekxoks” jamoasi Stenli Kubogi finaliga yo‘l olgan ikkinchi jamoa bo‘ldi. Bu haqda liganing rasmiy sayti orqali ma'lum qilindi.
31 may kuni “Chikago Blekxoks” pley-off yarim final bosqichining yettinchi uchrashuvida “Anaxaym Daks” jamoasi ustidan 5:3 hisobida g‘alaba qozondi.
Finalda “Chikago” xokkeychilari “Tampa-Bey Laytning” jamoasi bilan uchrashadi. Dastlabki uchrashuv 3 may kuni “Tampa”ning uyida o‘tkaziladi.
“Chikago Blekxoks” oxirgi olti yil ichida uchinchi marta final bosqichiga chiqmoqda. Ular 2010 va 2013 yillari Kubok sohiblariga aylangan.