16:56 / 01.06.2015
2882

“Dnepr” Yevropa Ligasiga chiqqani uchun 9 mln yevro mukofot pulini olmaydi

Ukrainaning “Futbol 1” telekanali boshlovchisi Aleksandr Denisovning ma'lumot berishicha, “Dnepr” jamoasi Yevropa Ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgani uchun olishi kerak bo‘lgan 9 mln yevro mukofot pulidan mahrum bo‘lgan.
“Jamoa olishi kerak bo‘lgan 9 mln yevro Germaniyaning Hochtief kompaniyasi hisobiga o‘tkazib beriladi. Bu kompaniya “Dnepr-Arena” stadionini qurgan bo‘lib, go‘yoki zaruriy to‘lovni olmagan. Bu boradagi hukm Shveytsariya sudi tomonidanchiqarilgan”, – dedi boshlovchi.

“Shunday qilib, jamoa bu pullarni olmaydi, Igor Kolomoyskiy futbolchilarga o‘z cho‘ntagidan minnatdorchilik bildirishi mumkin”, – qo‘shimcha qildi Denisov.

Top