16:52 / 01.06.2015
1667

“Manchester Yunayted” Iguain bilan aloqaga chiqdi

“Manchester Yunayted” jamoasi “Napoli” hujumchisi Gonsalo Iguainni sotib olmoqchi. Bu haqda italiyalik jurnalist Tankredi Palmeri xabar tarqatdi.
Ilgariroq Iguain “MYu”ga 60 mln yevroga o‘tishi mumkinligi haqida yozilgan edi. Ammo futbolchining shartnomasida 100 mln yevro summasi ko‘rsatilgan.
Iguain joriy mavsumda Italiya chempionatining 37 o‘yinida ishtirok etib, 18 gol va 8 golli uzatma muallifiga aylandi.

Top