18:32 / 01.06.2015
3464

“O‘zbekturizm” sayohatchilarga “O‘zbekistonga tashrif buyurish uchun 10 sabab” topib berdi

“O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi sayohatchilarga mo‘ljallangan “O‘zbekistonga tashrif buyurish uchun 10 sabab” nomli broshyurani nashrdan chiqardi. Bu kompaniya tomonidan tahririyatga yuborilgan matbuot xabarnomasida bayon qilingan.

O‘zbekistonning turistik salohiyatini oshirish chora-tadbirlari doirasida kompaniya tomonidan “Buyuk Ipak yo‘li” davlat unitar korxonasi bilan hamkorlikda broshyura dizayni va mundarijasi ishlab chiqildi. Broshyura rus va ingliz tillarida chop etildi.
Broshyura asosan xorijiy turistik firmalarga, shuningdek, sayohatchilarga mo‘ljallangan. Kelajakda broshyuralar fransuz, nemis, italyan, ispan, yapon, xitoy, koreys va arab tillarida chiqariladi. Nashrning 10 tildagi umumiy adadi 80 ming nusxadan oshadi.

Top