18:25 / 01.06.2015
1840

“O‘zbekturizm” Xalqaro turistik yarmarka – 2015 ga tayyorgarlik ko‘rmoqda

“O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi Toshkentda bo‘lib o‘tadigan XXI Xalqaro turistik yarmarka – “Ipak yo‘lida turizm” tadbiriga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu kompaniya tomonidan tahririyatga yuborilgan matbuot xabarnomasida bayon qilingan.
Xabarnomada aytilishicha, tadbir 6-8 oktabr kunlari “O‘zkspomarkaz”da o‘tkaziladi. Tadbir Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng ommabop yarmarka bo‘lib, u ishtirokchilarga turistik firmalar mutaxassislaridan bevosita axborot olish imkoniyatini beradi.
Har yili ko‘rgazmada 30 mamlakatdan tashrif buyurgan 780dan ortiq turistik kompaniyalar hamda 12 mingdan ortiq mehmonlar ishtirok etadi. Ko‘rgazmada ilk bor qatnashayotganlarga imtiyozlar beradi.
Ko‘rgazma doirasida bir qator tadbirlar o‘tkaziladi.

Top