22:38 / 01.06.2015
1856

AQSh senatori Lindsi Grem AQSh prezidenti sayloviga nomzodini qo‘ydi

AQSh senatori Lindsi Grem AQSh prezidenti sayloviga o‘z nomzodini qo‘yishini rasman e'lon qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Grem Respublikachilar partiyasi nomidan o‘z nomzodining taklif etilishi uchun kurash olib boradi.

AQSh senatida Grem 2003 yildan beri Janubiy Karolina shtatidan vakolatlik qiladi, Jon Makkeynning safdoshi sifatida tanilgan.

Top