15:58 / 01.06.2015
2270

ASUS Computex 2015 oldidan barcha yangiliklarni namoyish etdi

1 iyun kuni, 2015 yilgi Computex ko‘rgazmasining boshlanishidan bir kun oldin ASUS kompaniyasi barcha yangi uskunalar taqdimotini birvarakayiga o‘tkazdi.
Birinchi yangilik ZenWatch 2 soatlari bo‘ldi. “Aqlli” aksessuar Android Wear tizimida ishlaydi va birinchi avlod soatlarining barcha imkoniyatlari bilan bir qatorda, yangi imkoniyatlarga ham egadir. ZenWatch ikki modelda taqdim qilinmoqda – 22 va 18 mm li kamarli variantlar. Kengroq kamarli modelga kiritilgan yangilik shundan iboratki, unga o‘rnatilgan tashqi akkumulyator soatning ishlash muddatini (1.5 sutka) ko‘paytirib beradi.

Selfi ishqibozlari uchun kompaniya ZenFone 2’ning qayta ishlangan nusxasini taqdim etdi. ZenFone Selfie uskunasining oldida va orqasida 13 megapikselli ikkita kamera bor.


Taqdimotda MeMO Pad seriyasining o‘rnini bosadigan ZenPad lineykasi ko‘rsatildi. Planshetlar 7, 8 va 10 dyuymli ekranlarga ega. Taqdim etilgan ZenPad S 8.0 6.6 mm qalinlikka va 298 gr vaznga ega. Ekran yechimi 2048X1536. 64-bit Atom Z3580 protsessori va 4 Gb operativ xotira har qanday og‘irlikni ko‘tarishi mumkin.

Zen AiO monobloki Apple iMac’ka yaqin shaklda ishlangan. U 23,8 diagonalli ekranga, 3D-kamera va Intel RealSense texnologiyasi bilan jihozlangan.

Shuningdek, Windows 10 dasturiy ta'minotining e'lon qilinishiga ASUS T100HA noutbuk-transformerni hozirlab qo‘yishdi. 10 dyuymli planshetni bir paytning o‘zida ham klaviatura, ham sensorli panelni o‘z ichiga sig‘diruvchi bazada qo‘llasa bo‘ladi. Uni sensorli ekran orqali boshqarish mumkin bo‘ladi.

Top