13:26 / 01.06.2015
4140

Beeline messenjerlarda bepul muloqat qilish aksiyasini taqdim etdi

O‘zbekiston aloqa operatori “Beeline” “Bravo Online!” yangi aksiyasi ishga tushgani haqida xabar beradi. Endi, hisobni $2,99 va undan ko‘proqga to‘ldirganda, abonent nafaqat tarmoq ichida bepul 400 daqiqa, shuningdek Viber, Telegram va Whatsapp messenjerlaridan cheklovsiz foydalanish imkonini qo‘lga kiritadi. Bonuslar hisob to‘ldirilgan kundan boshlab bir haftaga beriladi va aloqa xizmatlari uchun chegirma hisoblanadi. 

Voqeani sharhlar ekan “Unitel”ning tijorat direktori Maksim Yefremov shunday dedi: “Messenjerlar orqali muloqot qurishga oshib borayotgan ehtiyojni ahamiyatga olgan holda, “Beeline” o‘z abonentlariga bepul online-muloqotning barcha qulayliklaridan foydalanish imkonini beradi. Messenjerlardan cheklovsiz foydalanish bilan bir qatorda abonentlar hisobni $2,99 va undan ko‘proqga to‘ldirilganda, tarmoq ichida bepul 400 daqiqani qo‘lga kiritishda davom etadi. Bundan tashqari, hisobga tushgan mablag‘, avvaldagi kabi, ularni aloqaning boshqa xizmatlariga sarflash uchun balansda qoladi”. 

“Bravo Online!” aksiyasiga “Status” tarif rejalaridan tashqari barcha tariflarda *110*570# USSD kodini terib, yoki savdo va xizmat ko‘rsatish ofislari yoki kompaniya dilerlaridan yangi SIM-kartani harid qilib, bepul ulanish mumkin.

Top