13:28 / 01.06.2015
2125

Britaniyalik 98 yoshli momo segveyda uchuvchi eng keksa inson deb topildi

Segveyda uchishni xush ko‘ruvchi eng keksa inson deb 98 yoshli Buyuk Britaniya fuqarosi Gledis Uiver topildi. Bu haqda The Daily Mail gazetasi xabar berdi.
May oyida Bristolda istiqomat qiluvchi ayol navbatdagi tug‘ilgan kunini nishonladi. U qarindoshlari bilan Ekseter bog‘iga sayr qilish uchun bordi. U yerda barchani hayratga solib, segveyda uchishga qaror qildi.
Ayolning aytishicha, segveyda uchishdan rohatlangan. Lekin uning ustiga chiqish ko‘p vaqt olgani bois boshqa bu ishni takrorlash niyati yo‘q.
Uiver xonimning 14 nevarasi va 3 evarasi bor.

Top