17:01 / 01.06.2015
3658

Erdo‘g‘an muxolifatni oltin unitazlar qidirishga chaqirdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an uning saroyidan oltin unitaz topilgan taqdirda iste'fo berishga tayyor, deb xabar beradi Reuters agentligi.
Erdo‘g‘an muxolif Xalq-respublika partiyasi yetakchisi Kamol Qilichdoro‘g‘lini prezident saroyidan oltin unitazlar qidirib ko‘rishga chaqirdi.
“Siyosat halol olib borilishi kerak. Agar partiya raisi oltin unitazlar haqida gapiradigan bo‘lsa, saroyga o‘zi kelib tekshirib ko‘rsin. Agar u oltin unitaz topsa, men iste'foga chiqaman. Topolmasa, uning o‘zi ketarmikan? Men kotibga uni saroyga kiritish haqida ko‘rsatma beraman”, – uning so‘zlarini keltiradi agentlik.
Eslatib o‘tamiz, Qilichdoro‘g‘li hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi “oltin unitazlar miqdori bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda” ekanligini iddao qilgan edi.

Top