16:04 / 01.06.2015
2491

Hindiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlik qilmoqchi

Hindiston tez orada Yevrosiy iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni yakunlashga umid bog‘lamoqda. Bu haqda mamlakat prezidenti Pranab Mukerji bayonot berdi.
“Biz YeII bilan hamkorlik qilishdan manfaatdormiz”, – dedi u Belarus telegraf agentligi bilan bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida. Joriy hafta Mukerji Belarusga birinchi rasmiy safarini uyushtirishi kutilmoqda.
Prezidentning ma'lumot berishicha, Hindistonning YeII bilan har tomonlama hamkorligi borasidagi muzokaralar yaxshi bormoqda.

Top