10:49 / 01.06.2015
3907

Isroil bosh vaziri Falastin davlati yaratilishi tarafdori ekanligini ma'lum qildi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Falastin davlati tashkil etilishi tarafdori ekanligini ma'lum qildi. Bu haqda “Interfaks” axborot agentligi xabar bermoqda.
“Men uzoq hukm suradigan tinchlikni o‘rnatishda yagona to‘g‘ri yo‘l deb ikki davlat va ikki xalq tamoyili – Isroil yahudiy davlati tan oladigan qurolsizlantirilgan Falastin davlatining yaratilishi g‘oyasi tarafdori bo‘lib qolaman”, – deb aytdi Netanyaxu.

Bu haqda Netanyaxu Germaniya Tashqi ishlar vaziri Frank Valter Shtaynmayyer bilan uchrashuvidan so‘ng ma'lum qildi.
Isroil bosh vaziri, shuningdek, Falastin hukumatini muzokaralar jarayonini qayta boshlashga chaqirdi.

Avvalroq, Netanyaxu Yevropa Ittifoqining xorijiy ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy raisi Federika Mogerini bilan uchrashuvi paytida “ikki xalq uchun ikki davlat” tamoyilini qo‘llab-quvvatlagan edi.

Top