12:59 / 01.06.2015
3653

Luis Enrike: Messi boshqa koinotdan gol urdi

“Barselona” jamoasi bosh murabbiysi Luis Enrike Ispaniya Kubogi finalida “Atlektik” ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng Lionel Messi tomonidan urilgan birinchi goldan hayratda ekanligini ma'lum qildi.

“Biz Messining bunday o‘yinlariga o‘rganganmiz. Biz omadlimiz, negaki uning bunday o‘yinlarini har kuni mashg‘ulotlar davomida kuzatish imkoniyatiga egamiz. Bugungi golini esa u boshqa koinotdan urdi go‘yo. Uning takrori televizor orqali namoyish etilishini kutib sabrim chidamayapti. Murabbiy o‘rnidan buni yaxshilab ko‘rish qiyin edi”, – dedi u jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida.

Top