17:11 / 01.06.2015
11241

Mahmud Namozov o‘z kuyoviga ko‘rmana o‘rnida avtomashina beradi

31 may kuni Toshkent shahridagi "Sayohat" to‘yxonasida o‘zbekistonlik qo‘shiqchi Mahmud Namozov ikkinchi qizining nikoh to‘yi marosimida ishtirok etdi.

To‘yda qatnashganlarning guvohlik berishicha, Mahmud Namozov surxondaryoliklar udumi bo‘yicha kuyoviga ko‘rmana o‘rnida avtomobil kaliti berishni va'da qilgan.

Qayd etilishicha, surxondaryoliklar odatiga ko‘ra, nikoh oqshomida qaynota o‘z kuyovi kelin-kuyov uchun tayyorlangan joyga o‘tirishi uchun unga ko‘rmana berishi kerak hisoblanadi.

Ma'lumot uchun, Mahmud Namozov 4 farzandning otasi hisoblanadi. Uning oilasida bir o‘g‘il va 3 qiz voyaga yetgan.

Top