10:35 / 01.06.2015
2251

Obama Baydenlar oilasini yo‘qlab, ta'ziya bildirdi

AQSh prezidenti Barak Obama Jo Bayden oilasini yo‘qlab, uning o‘g‘li Boning vafoti yuzasidan o‘z ta'ziyasini bildirdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Aniqlashtirilishicha, Obama prezident o‘rinbosarining rasmiy qarorgohi bo‘lmish AQSh harbiy havo kuchlari Observatoriyasiga rafiqasi Mishel bilan birgalikda kelgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha AQSh prezidenti o‘rinbosarining o‘g‘li, 46 yoshli Bo Bayden bosh miya saratonidan vafot etdi.

Top