18:27 / 01.06.2015
3511

Psaki haqidagi multfilm muallifi Saakashviliga bag‘ishlab animatsion rolik yaratdi

Snowman taxallusi bilan mashhur multiplikator, Jyeyn Psaki haqida animatsion rolik yaratgan ijodkor Mixail Saakashvilining Odessa gubernatorligiga tayinlanishiga bag‘ishlangan yangi animatsion lavha yaratdi.
Ushba rolik internetga joylashtirildi.
RIA Novosti agentligining eslatib o‘tishicha, Volgograd viloyatida istiqomat qiluvchi, ismi noma'lumligicha qolayotgan multiplikator xorijiy siyosat arboblari haqida yaratadigan hajviy animatsiyalari bilan internetda shuhrat qozongan. Navbatdagi lavhada u Saakashvili nomidan Ukrainaning siyosiy elitasini, xususan, prezidentini tanqid ostiga oladi.

Top