16:02 / 01.06.2015
2250

Qirg‘iziston fermerlariga 2 mlrd som kredit berildi

Qirg‘izistonda joriy yilning 29 may holatiga ko‘ra fermerlarga berilgan kreditlar miqdori 2 mlrd 47 mln somni tashkil qildi.
Aytilishicha, jami 5 725 imtiyozli kredit berilgan. Ularning umumiy miqdori esa 2 mlrd somdan oshib ketgan.
Qirg‘iziston telegraf agentligining xabar berishicha, bu summaning 1 mlrd 712 mln somi chorvachilik va parranda boqishga, 265 mln somi dehqonchilikka, 70 mln somi esa qayta ishlash muassasalariga berilgan.
Imtiyozli kreditlar davlat banklari va xususiy banklar tomonidan qishloq xo‘jaligini moliyalashtirish loyihasiga muvofiq beriladi.

Top