19:27 / 01.06.2015
3284

Rafael Benites: “Mening orzuim ro‘yobga chiqmoqda”

Ispaniyalik bosh murabbiy Rafael Benites 1 iyun kuni ertalab Madridga yo‘l oldi. Benites u yerda 3 iyun kuni “Real”ning bosh murabbiyi sifatida rasman taqdim etiladi.

Benites Neapolni xususiy samolyotda o‘zining yordamchilari Xuan Fransisko Sanches, Xavi Valero, Pako de Migel va Antonio Gomes hamrohligida tark etgan.

“Men juda hayajondaman va baxtliman. Biroq ba'zi narsalarni kelishib olish kerak bo‘ladi. Mening orzuim haqiqatda ro‘yobga chiqmoqda”, deb aytdi Benites.

31 may kuni Benites Italiyaning “Napoli” jamoasi bosh murabbiyi sifatida oxirgi o‘yinini o‘tkazdi. Jamoa o‘z uyida Rimning “Latsio” klubiga 2:4 hisobida imkoniyatni boy berib, Chempionlar Ligasida ishtirok etish huquqidan mahrum bo‘ldi.

Top