15:07 / 01.06.2015
2329

Rossiya neft va gaz universitetining Toshkent filiali joriy yilda 150 talabani o‘qishga qabul qiladi

Rossiya Davlat neft va gaz universitetining Toshkent filiali 2015/2016 o‘quv yilida 150 nafar talabani o‘qishga qabul qiladi.
2015 yilning 28 may kuni Vazirlar Mahkamasi universitet uchun keyingi o‘quv yiliga ajratilgan kvotani tasdiqladi. Unga ko‘ra, universitet “Gaz, gaz kondensati va yer osti omborlarini ekspluatatsiya qilish va ularga xizmat ko‘rsatish”, “Geologik razvedka texnologiyasi” va “Neft va gaz quduqlarini burg‘ulash” mutaxassisliklari bo‘yicha 25tadan bolani o‘qishga qabul qiladi.
“Neft obektlari ekspluatatsiyasi va ularga xizmat ko‘rsatish”, “Tashkilot va korxonalar iqtisodiyoti”, “Quvur transporti obektlarini qurish va ta'mirlash” fakultetlariga ham 25 nafardan talaba qabul qilinadi.
Ayrim fakultetlarda grant chegarasi 10 kishi, ayrimlarida esa 5 kishi qilib belgilangan.

Top