20:14 / 01.06.2015
2553

Tbilisida Saakashvilining uning ortidan Gruziya maxsus xizmatlari poylab yurgani haqidagi gaplari rad etildi

Tbilisida Mixail Saakashvilining Ukrainada uning ortidan Gruziya maxsus xizmatlari kuzatib yurgani haqidagi gaplari rad etildi. Bu haqda “Gruziya Online” xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bir necha kun avval Saakashvili uning ortidan kuzatilayotgani va Gruziya agentlaridan biri qo‘lga olinganini ma'lum qilgandi.

Gruziya Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Archil Talakvadze Odessa viloyati gubernatori noo‘rin hazil qilganini aytgan. “Albatta, men bu holatni istesno qilaman. Buning ustiga, Gruziya maxsus xizmatlarining birorta xodimi xorijda sobiq prezident aytayotgandek shakldagi faoliyat bilan shug‘ullanmaydi”, deb aytdi Talakvadze.

Top