11:11 / 01.06.2015
9137

Toshkentda internet orqali 9 mln o‘g‘irlagan qallob qiz fosh etildi

Toshkentning Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi Venera ismli qiz internet orqali qalloblik qilishda ayblanmoqda.
“Ogoh” gazetasining yozishicha, u Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘ida “Gulida” ismi bilan ro‘yxatdan o‘tib, 1988 yili tug‘ilgan Dildora ismli qiz bilan tanishgan. So‘ng unga kiyim-kechak va pardoz anjomlarini sotib berishini aytib, 9 041 000 so‘mlik buyumlarini olib qo‘ygan. Ammo shundan keyin u Dildora bilan aloqani uzgan.
Dildora “dugonasi”ning qaytishini ikki oy kutgan. Aldanganini bilgach, militsiyaga murojaat qilgan. Militsiya xodimlarini qallobni qisqa muddatda topib, jinoiy javobgarlikka tortgan.

Top