13:43 / 01.06.2015
2701

Toshkentda "Yoshlar bandligi - dolzarb masala" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

“Kafolat” DASK AJ Toshkent shaxar filiali va Toshkent iqtisodiyot va biznes kollejida bilan hamkorlikda “Yoshlar bandligi – dolzarb masala” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Yoshlarning jamiyatda munosib o‘rin topishi, mehnatga to‘g‘ri munosabatini shakllantirishda ularning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha bandligini ta'minlash doimiy e'tiborda. Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida kasb-hunar kollejlarida ta'lim sifatini oshirish, kollejlarning ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorligini mustahkamlash borasida izchil chora-tadbirlar olib borilmoqda. Bu mehnat bozori uchun zarur mutaxassis kadrlar yetkazib berish va yoshlarni egallagan kasbi bo‘yicha ish bilan ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Respublikamiz istiqlol yillarida bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘liga nazar tashlasak, milliy ta'lim tizimini mustahkamlash va takomillashtirish, yoshlarning har tomonlama yetuk, sog‘lom va barkamol bo‘lib ulg‘ayishi uchun barcha shart sharoitni yaratishga yo‘naltirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilayotganligi yaqqol namoyon bo‘layotganligi, mustaqillikning ilk davridan boshlab, uzluksiz ta'lim tizimi doirasida o‘rta-mahsus kasb-hunar ta'limiga alohida e'tibor qaratib kelinayotganligi, boz ustiga so‘nggi yillarda kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish masalasi ham Hukumatimiz rahbariyati diqqat e'tiboridaligi,  jumladan, joriy yilning 10 mart kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 52 - sonli «Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi Qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

“Kafolat” DASK AJ Toshkent shaxar filiali tomonidan bu boradagi olib borilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish uchun Toshkent iqtisodiyot va biznes kolleji bilan o‘zaro xamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad malakali mutaxassislar tayyorlash samaradorligini oshirish, kollej bitiruvchilarini kelajakda o‘z kasbi bo‘yicha ish o‘rinlari bilan ta'minlash, shahar va tumanlarda kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni to‘la qondirishdan iboratdir.

Qayd etib o‘tish lozimki, poytaxtimizdagi mazkur kollejni 2014-2015 o‘quv yilida 4 ta mutaxassislik bo‘yicha 519 nafar o‘quvchi bitirmoqda. Shundan 30 nafardan ortiq o‘quvchilar o‘z amaliyotlarini “Kafolat” DASK AJ Toshkent shaxar filiali va uning 13 ta tuman bo‘limlarida yuqori darajada o‘tkazmoqda. 

Top