Toshkentning Yashnobod tumanida istiqomat qiluvchi 1991 yili tug‘ilgan Zamira ismli qiz qimmatbaho bolalar aravachasini o‘g‘irlab ketganlikda ayblanmoqda. Bu haqda “Ogoh” gazetasi xabar bermoqda.
Aytilishicha, u aravachasida bolasini shifokorga olib kelayotgan ayol ortidan kuzatib borgan. Ayol aravachani poliklinika eshigi oldida tashlab ketgach, u shosha-pisha aravachani olib qochgan.
680 ming so‘mlik Baby Modern aravachasi ichida 90 ming so‘mlik bolalar ortopedik yostig‘i, 36 ming so‘mlik bolalar kiyimi, 4 ming so‘mlik 2 dona bolalar o‘yinchog‘i va 6 ming so‘mlik bolalar qalpoqchasi bo‘lgan.
Ammo Zamira tez orada militsiya xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.