21:51 / 01.06.2015
1888

Yurgen Klopp “Borrusiya”dan ketgandan keyin tanaffus qilishini ma'lum qildi

Dortmundning “Borussiya” futbol jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoadan ketgandan keyin fikrlarini jamlab olish uchun o‘z faoliyatida tanaffus olishini ma'lum qildi. U bu haqda o‘zining maslahatchisi Mark Kozike bilan uchrashgandan keyin aytdi.

“7 yil davom etgan hissiyotli “haqiiy muhabbat”dan keyin yangi ishga qo‘l urishdan oldin xotiralarni biroz hazm qilib olish ma'noga ega, deb hisoblayman”, deb aytdi Klopp.

15 aprelda Klopp mavsum tugagandan keyin “Borussiya”dan ketishi haqida ma'lum qilgandan keyin uning keyingi faoliyati haqida deyarli har kuni turlicha fikrlar bildirilayotgan edi. Uning bo‘lg‘usi ish joyi sifatida “Manchester Siti", "Real", "Napoli", “Liverpul” jamolari nomlari keltirildi.

30 mayda “Borussiya” Germaniya Kubogi finalida “Volfsburg”ga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu uchrashuv Kloppning “Borussiya” tarkibida bosh murabbiy sifatida o‘tkazgan so‘nggi uchrashuvi bo‘ldi.

Top