15:29 / 02.06.2015
2718

1000 dan ortiq shahar reys avtobuslari Beeline SIM-kartali GPS-trekerlar bilan ta'minlandi

2 iyun 2015, Toshkent. Aloqa operatori Beeline Beeline Business va Unitar korxona «Toshtransdispetcherxizmat» o‘rtasidagi hamkorlikning rivojlanishi to‘g‘risida xabar beradi. Shartnomaviy kelishuvlar doirasida, GPS (Global Positioning System) trekerlar Beeline SIM-kartalari bilan ta'minlangan bo‘lib, ular transport vositasining turgan joyini aniq belgilash uchun ma'lumotlarni qabul qilishga va yuborishga imkoniyat beradi.

«Bizning Beeline bilan hamkorligimiz 2010 yildan boshlab davom etmoqda, va biz ushbu loyihani innovatsion mobil operatori bilan boshlaganimizdan xursand bo‘ldik, – deb izoh beradi «Toshtransdispetcherxizmat» UK bo‘limining boshlig‘i Sarvar Pozilov. – Yer ustidagi jamoat transportini ishonchli mobil aloqaga ega zamonaviy navigatsiya tizimi bilan ta'minlar ekanmiz, biz uning xarakatlanishini masofada doimiy tarzda monitoring qilish imkoniyatiga ega bo‘lamiz».

Bugungi kunda Beeline aloqasi bilan, 123 ta shahar yo‘nalishlarida xarakatlanayotgan, mingdan ortiq yo‘lovchi tashish avtobuslaridagi GPS-trekerlar ta'minlangan.

«Texnologiyalarning jadal rivojlanishi hamda aloqa imkoniyatlarining kengayishi infratuzilmani yanada qulay qilishga imkon beradi, – deb gapiradi Unitel tijorat direktori Maksim Yefremov. – Biz ushbu loyihada qiziqish bilan ishtirok etmoqdamiz, va bizning azalgi hamkorimiz Beyeline‘ga tizimning ishlashini ta'minlashni ishonganidan juda mamnunmiz».

Top